Главная » 2023 » Июль » 11 » Bu safar hayotimda haqiqiy erkak paydo bo‘ldi – Munisa Rizayeva
18:50

Bu safar hayotimda haqiqiy erkak paydo bo‘ldi – Munisa Rizayeva


So‘nggi vaqtlarda to‘yi haqidagi mish-mishlar bilan e’tibor markazida bo‘lib kelayotgan xonanda Munisa Rizayeva bu gaplar rost ekanini tasdiqladi. U intervyularidan birida bu ma’lumotlarga oydinlik kiritdi.

“Men o‘zimni juda ham qadrlayman, juda kuchli ayolman. Mening yonimda erkak mendan kuchli bo‘lmasa, uni sindirib tashlayman. Shuning uchun yonimga faqat o‘zimga o‘xshagan yoki mendan ham kuchliroq erkak kerak”, deydi xonanda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u shunday katta talablari sabab 37 yoshiga qadar turmushga chiqmagan. 
Jurnalistning “Bu safar gap-gapligicha qolib ketmas? Avval ham bunday gaplar ko‘p bo‘lgan” degan savoliga javoban Munisa Rizayeva uning hayotida “haqiqiy erkak paydo bo‘lgan”ini aytdi.

“Chindan juda ko‘p bo‘lgan bunday holat. Bu safar endi, hudo xohlasa, bo‘lmas”, dedi xonanda.

Eslatib o‘tamiz, xonanda o‘zidan 7 yosh kichik belaruslik yigitga turmushga chiqyapti. Ularning to‘y oldi fotosessiyasi Turkiyaning Bodrum shahrida bo‘lib o‘tdi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Erkak, safar, Munisa Rizayeva, paydo, bo‘ldi, Haqiqiy, bu, hayotimda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя