Главная » 2023 » Июль » 4 » Munisa Rizayeva belaruslik yigitga turmushga chiqyapti
14:39

Munisa Rizayeva belaruslik yigitga turmushga chiqyapti


37 yoshli xonanda Munisa Rizayeva o‘zidan 7 yosh kichik belaruslik yigitga turmushga chiqyapti. U bu haqda o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Munisa yigitning turmush qurish taklifini Turkiyaning Bodrum shahrida qabul qilgan va to‘y 7 sentyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Hozirda juftlik shu shaharda to‘y oldidan fotosessiya o‘tkazmoqda.

Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, uning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i iqtisod sohasida faoliyat yuritadi. Yigit allaqachon Toshkentga ko‘chib kelgan va shu sabab to‘yga chet eldan juda ko‘p mehmon kelishi kutilmoqda.

“Familiyam qoladi, o‘zgartirmayman”, dedi Munisa jonli efir vaqtida unga familiyasini o‘zgartirmaslik haqida berilgan taklifga javoban. 

Shuningdek, xonandaning so‘zlariga ko‘ra, yigit to‘y sabab Islomni qabul qilgan.

Munisa Rizayevaning ma’muri esa QALAMPIR.UZ bilan suhbatda bu borada ma’lumotga ega emasligini, xonandaning o‘zidan boshqa odam bu haqda biror nima deya olmasligini bildirdi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Yigitga, turmushga, Belarus, Munisa Rizayeva, chiqyapti | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя