Главная » 2017 » Август » 20 » AQSh sobiq prezidentining ukasi Jeb Bush tasodifan internetga 12 ming kishining shaxsiy ma’lumotlarini joyladi
14:47

AQSh sobiq prezidentining ukasi Jeb Bush tasodifan internetga 12 ming kishining shaxsiy ma’lumotlarini joyladi


AQSh sobiq prezidenti kichik Jorj Bushning ukasi, Florida shtati sobiq gubernatori Jeb Bush mashhurlik ketidan quvib xatolik tufayli internetga 12 ming kishining shaxsiy ma’lumotlarini joyladi, deya xabar bermoqda “TASS”. AQSh prezidentligiga potensial nomzod o‘zining ochiqligi va texnik jihatdan puxtaligini ko‘rsatmoqchi bo‘ldi. Saytga gubernatorlik lavozimida sakkiz yil davomida fuqarolar bilan olib borilgan yozishmalarni joylab, Jeb Bush o‘zi bilmagan holda hamsuhbatlarining shaxsiy ma’lumotlari — ism-shariflari, tug‘ilgan yillari va ijtimoiy sug‘urta kartochkalari raqamlarini ham ommaga oshkor etdi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, bu ma’lumotlar jinoyatchilar tomonidan firibgarlik maqsadlarida foydalanilishi mumkin.

12-fevral, payshanba kuni Jeb Bushning saytidan ma’lumotlarning katta qismi o‘chirib tashlandi — hozir u yerda bir necha yuzta hujjat qolgan. “Biz har bitta akkauntni tahrirlab chiqdik”, — dedi siyosatchining vakili.

 


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: 12 ming, internetga, ukasi Jeb Bush tasodifan, ma’lumotlarini joyladi, kishining shaxsiy, AQSh sobiq prezidentining | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя