Главная » 2022 » Август » 27 » AQSh Turkiyani katta tahdid deb atadi
15:46

AQSh Turkiyani katta tahdid deb atadi


AQSh Senatining tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi Robert Menendez Turkiyani Sharqiy O‘rta Yer dengizidagi eng katta tahdid deb atadi va uni Xitoy, Rossiya va iqlim o‘zgarishi bilan bir qatorda xalqaro hamjamiyat oldida turgan asosiy muammolar qatoriga kiritdi.

Menendez bu haqda Afina milliy Kapodistrian universiteti faxriy doktori unvonini topshirish marosimida ma’lum qildi, deb xabar beradi “Kathimerini” gazetasi.

“Rossiya, Xitoy va Turkiyaning xalqaro miqyosdagi muammolari, shuningdek, dunyoni qiynayotgan iqlim inqirozi haqida o‘z fikrimni bildirish uchun bu yerdan yaxshiroq joy topolmadim. Ikki xalqimiz o‘rtasidagi uzluksiz munosabatlar va oldimizda ochilayotgan ulkan imkoniyatlarni muhokama qilish uchun boshqa joy topa olmadim”, — deydi u.

Shuningdek, senator Turkiyani Gretsiya suverenitetiga qarshi chiqishda aybladi.

“Bu xonada hech kimga O‘rtayer dengizining sharqiy qismidagi eng doimiy va eng yaqin tahdid hamon Turkiya ekanligini aytishim shart emas. Turkiya NATO ittifoqchisi boʻlishiga qaramay, Egey dengizida provokatsion havo kemalari bilan Gretsiya suverenitetiga qarshi chiqadi. Havo hududini qiruvchi samolyotlar bilan buzish hech bir davlat uchun qabul qilib bo‘lmaydigan xatti-harakatlardir”,- deydi Amerikalik siyosatchi.

Menendez Turkiyaning Kiprni “noqonuniy bosib olgani” haqida ham gapirib, “bu demokratik mamlakat amaliyoti emas va menimcha, ular AQShdan modernizatsiya qilingan qurol tizimlari (F-16) bilan ta’minlanishi kerak deb o‘ylamayman” deya qo‘shimcha qildi.

Shu bilan birga, u Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘onni Yevropa, Sharqiy Yevropa va Janubiy Kavkazda bo‘luvchi siyosat yuritayotganlikda aybladi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Turkiyani, katta, atadi, AQSH, deb, tahdid | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя