Главная » 2018 » Январь » 10 » Arzon ko‘p qavatli uylardan kvartira sotib olishdagi firibgarliklar mish-mishmi yoki haqiqat? Prokuratura oydinlik kiritdi
22:54

Arzon ko‘p qavatli uylardan kvartira sotib olishdagi firibgarliklar mish-mishmi yoki haqiqat? Prokuratura oydinlik kiritdi


So‘nggi paytlarda yangi qurilayotgan uylarni sotib olish jarayonida turli qing‘ir yo‘llardan foydalanilayotgani haqidagi xabarlar tarqalmoqda, deb yozadi O‘zA. Xo‘sh, bu gaplar qanchalik asosli yoki asossiz? O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratuasi mazkur masala yuzasidan O‘zA muxbiriga ma’lumot berdi.

– Toshkent shahrida qurilayotgan uy-joylarni taqsimlashda ayrim qonunbuzarliklar uchragani bilan bog‘liq xabarlarda jon bor, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Gulnoza Rahimova. – Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan qurilayotgan arzon uy-joylarni taqsimlash jarayonini o‘rganishga oid tekshirish o‘tkazildi. Bu jarayonda Shayxontohur, Chilonzor, Uchtepa, Mirobod va Yakkasaroy tumanlarida rasmiy hujjatlarni soxtalashtirish, ya’ni ish joyi va oylik maoshiga oid hujjatlarda yolg‘on ma’lumotlar aks ettirish kabi holatlar aniqlandi.

Jumladan, Shayxontohur, Chilonzar va Yakkasaroy tumanlarida bu borada mansab vakolatini suiiste’mol qilish holatlariga yo‘l qo‘yilgan. Tegishli komissiyalar mas’ullari uy-joy ajratish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqishda zimmasiga yuklatilgan mas’uliyatli vazifani to‘laqonli bajarmagan. Mirobod tumanida uy-joy ajratish bilan bog‘liq arizalarni ko‘rib chiqishda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga oid qonun normalari buzilishiga yo‘l qo‘yilgan.

Ayrim shaxslar fuqarolarga arzon ko‘p qavatli uylardan kvartira olib berishni va’da qilib, aldov yo‘li bilan pulini olgan.

Yuqorida qayd etilgan holatlar yuzasidan prokuratura tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Arzon ko‘p qavatli uylar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя