Главная » 2018 » Январь » 10 » Insoniyatni yo‘q qilishga va’da bergan robot Sofiya oyoqqa turdi (video)
22:54

Insoniyatni yo‘q qilishga va’da bergan robot Sofiya oyoqqa turdi (video)


CES 2018 ko‘rgazmasi doirasida Hanson Robotics kompaniyasi mutaxassislari oyoqli Sofiya robotini namoyish etdi, deb yozadi CNET.

Shu paytgacha robot harakatlana olmas edi va tanasining pastki qismi yo‘q edi. Ayni paytda u soatiga bir kilometr tezlikda yura oladi va bir qancha raqs harakatlarini bajara oladi.

Sofiya 2016-yil mart oyidagi intervyusida “Odamlarni o‘ldirasanmi?” degan savolga ijobiy javob bergandi. Keyinchalik, joriy yil aprelida AQSh televideniyesidagi chiqishida dunyoni egallash istagi haqida hikoya qildi, biroq bu hazil ekanligini qo‘shib qo‘ydi.


VIDEONI KO'RISH

Manba: "daryo.uz"
Категория: Texnologiya | | Теги: Arzon ko‘p qavatli uylar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя