Главная » 2020 » Сентябрь » 5 » Asalari zahri ko‘krak saratonini davolashga qodir ekanligi aniqlandi
18:44

Asalari zahri ko‘krak saratonini davolashga qodir ekanligi aniqlandi


Avstraliyada joylashgan Garri Perkins tibbiyot tadqiqot instituti olimlari asalarining zahri ko‘krak saratonining zararli hujayralarini yo‘q qilishga qodirligini aniqladi. Tadqiqot natijalari Nature jurnalida chop etildi.

Olimlar 300 dan ortiq asalari va tukli arilarning zahrini sinovdan o‘tkazib, zaharning ma’lum bir konsentratsiyasi boshqa hujayralarga minimal darajada zarar yetkazib, bir soat ichida saraton hujayralarini o‘ldiradi. Biroq doza oshib ketsa, uning toksiklik darajasi ortib ketadi.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, saraton hujayralariga asalari zahridagi modda — melittin ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu moddani sintetik usulda ham olsa bo‘ladi.

Olimlar mazkur tadqiqotni “nihoyatda hayajonli” deb atagan, biroq ularning ogohlantirishicha, zahar saratonga qarshi dori vositasi bo‘lishiga ishonch hosil qilish uchun vaqt talab etiladi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: aniqlandi, qodir ekanligi, ko‘krak saratonini, Asalari, davolashga, zahri | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя