Главная » 2021 » Сентябрь » 5 » Avstraliyada 20 yoshli yigit akula o‘ljasiga aylandi
15:05

Avstraliyada 20 yoshli yigit akula o‘ljasiga aylandi


Bugun, 5 sentyabr kuni Avstraliyaning sharqiy sohilida bir odam akula hujumi qurboni bo‘ldi. Bu haqda Yangi Janubiy Vels shtati tez tibbiy yordam xizmati xabar berdi.

Tez tibbiy yordam xizmati bergan ma’lumotlarga ko‘ra, soat taxminan 11:00 da Sidneydan 500 km shimolda joylashgan Coffs-Harbor shahridagi Shelli sohilida akula 20 yoshli yigitga hujum qilgan. Baliq yigitning qo‘llarini tishlab, jiddiy jarohatlar yetkazgan. Voqea joyiga yetib kelgan tez yordam guruhlari unga yordam bera olmagan: erkak shifoxonaga olib ketilishidan oldin vafot etgan. 

“Voqea joyiga to‘rtta jamoa yetib keldi, ammo jarohatlar juda chuqur ekan”,  deyiladi tez tibbiy yordam xizmati xabarida.

Qayd etilishicha, shaharning shimoliy plyajlari, shu jumladan hujum sodir bo‘lgan Shelli va Emerald sohillari keyingi ogohlantirishlarga qadar yopilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan safar Avstraliyada 50 yoshli erkak akula qurboni bo‘lgandi. Ma’lumot o‘rnida, joriy yil boshidan beri Avstraliyada akula 16 marta odamlarga hujum qilgan. Ularning to‘rttasi o‘lim bilan tugagan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Yigit, Akula, Avstraliyada, o‘ljasiga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя