Главная » 2020 » Июнь » 6 » Ayrim transport vositalariga utilizatsiya yig‘imi joriy etiladi
15:36

Ayrim transport vositalariga utilizatsiya yig‘imi joriy etiladi


2020 yil 1 avgustdan utilizatsiya yig‘imi stavkalari va utilizatsiya yig‘imi to‘lanadigan g‘ildirakli transport vositalari ro‘yxati tasdiqlandi.
“G‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun utilizatsiya yig‘imini joriy etish to‘g‘risida” hukumat qarori qabul qilindi.
Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, qaror bilan 2020 yil 1 avgustdan utilizatsiya yig‘imi stavkalari va utilizatsiya yig‘imi to‘lanadigan g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari turlari va toifalarining ro‘yxati tasdiqlandi.
Transport vositalarini “erkin muomalaga chiqarish” (import) bojxona rejimida rasmiylashtiradigan jismoniy va yuridik shaxslar yoki O‘zbekiston hududida sotiladigan g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalarini ishlab chiqaradigan (yig‘adigan, tayyorlaydigan) jismoniy va yuridik shaxslar utilizatsiya yig‘imi to‘lovchilari hisoblanadi.




Quyidagi transport vositalariga utilizatsiya yig‘imi to‘lanmaydi:
diplomatik vakolatxonalarga yoki konsullik muassasalariga, xalqaro tashkilotlarga, shuningdek ularning O‘zbekiston fuqaroligi bo‘lmagan, diplomatik maqomga ega bo‘lgan xodimlari va ularning oila a’zolariga tegishli transport vositalari;
ishlab chiqarilganidan 30 va undan ortiq yil o‘tgan L va M1 toifali, shuningdek, ishlab chiqarilganidan 50 va undan ortiq yil o‘tgan, yo‘lovchi va yuklarni tijorat maqsadida tashishga mo‘ljallanmagan, asl dvigateli va kuzovi bilan asl holatida saqlangan yoki asl holati tiklangan M2, M3 va N toifali transport vositalariga;




O‘zbekistonga olib kirilib “vaqtinchalik olib kirish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan transport vositalariga.

Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ayrim, joriy etiladi, transport vositalari, yig‘imi, utilizatsiya | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя