Главная » 2017 » Август » 4 » Bachadon amputatsiyasi jinsiy hayotga chek qo‘yadimi?
11:10

Bachadon amputatsiyasi jinsiy hayotga chek qo‘yadimi?


— Bundan o‘n uch yil avval salpingoforit va peritonit kasalligi sabab, ikkala bachadon naychasi va bitta tuxumdonim olib tashlandi. Shundan so‘ng hayz siklimda o‘zgarishlar yuz berdi. Keyinchalik esa mioma paydo bo‘ldi. Miomaning kelib chiqishiga tuxumdon yetishmovchiligi sabab, deyishgani uchun turli gormonal dorilarni qabul qilib yuraverdim. Natijada, gormonal vositalar qorin pardaorti o‘smasini rivojlantirib yubordi. Bu o‘smani uch yil avval jarrohlik amaliyoti bilan olib tashlashdi. Yaqindan boshlab hayz ko‘rmay qo‘ydim. Miomaga esa sakkiz haftalik, deb tashxis qo‘yildi. Gormonal dorilarni ham ichib ko‘rdim. Lekin foydasi yo‘q. Tezda toliqaman, hayotga bo‘lgan qiziqishim yo‘q. Biror ish qilgim kelmaydi, hech narsa yoqmaydi, erim bilan ham gaplashgim kelmaydi. Bu erta klimaksmi?

Muhabbat, 39 yosh, Namangan viloyati


Savollarga oliy toifali shifokor, akusher-ginekolog Rayhon SALOMOVA javob beradi.
— Mioma tashxisi qo‘yilganida, ko‘pincha, ayollar bachadonimni jarrohlik amaliyoti bilan olib tashlashadi deya shifokor ko‘rigiga kelishdan bosh tortishadi. Ularning nazarida mioma o‘simtasi bilan birga bachadon ham olib tashlanadi, natijada esa jinsiy hayot izdan chiqadi. Bu noto‘g‘ri fikr. Mioma o‘simtasini konservativ hamda jarrohlik yo‘li bilan davolash usullari mavjud. Mioma tufayli bachadon butunlay amputatsiya qilib tashlangan taqdirda ham jinsiy hayot sifati buzilmaydi. Erkak ayolida bachadon bor yoki yo‘qligini umuman sezmaydi, unga shunchaki ayolining ichki jinsiy a’zosi yo‘qligi ruhiy bosim o‘tkazishi mumkin. Shu bois, shifokorlar ko‘p hollarda bachadon amputatsiyasi haqida bemor ayollarning erlariga xabar berishmaydi.

Unutmang, mioma xastaligi tufayli organizmda qamqonlik yuzaga keladi. Birinchidan, o‘simta organizmning bor kuchini so‘rib oladi, ikkinchidan, surunkali qon ketishi o‘z asoratini ko‘rsatadi. Bularning barchasi, albatta, holsizlanish va immunitet pasayib ketishiga olib keladi. Maslahatim, miomani oldiring.

Dilnoza tayyorladi


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Er-Xotin, Turmush psixologiyasi | | Теги: chek qo‘yadi, jinsiy hayot, Bachadon amputatsiyasi | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя