Главная » 2016 » Декабрь » 13 » Smartfon va planshetlar jinsiy hayot kushandasi
17:08

Smartfon va planshetlar jinsiy hayot kushandasi


Odamlar hayotida smartfon va planshetlar paydo bo‘lganidan beri ularning jinsiy hayotlari yomonlashgan. Niderland tadqiqotchilari shunday xulosaga kelishgan, deb xabar qildi NL Times.

Moris de Xond ismlik olim Niderlandiya aholisidan uch ming odam orasida so‘rovnoma o‘tkazgan. Ular tadqiqotidan ko‘zlangan maqsad gadjetlarning jinsiy hayotga ta’sirini aniqlash bo‘lgan. 25 dan 34 yoshgacha bo‘lgan tadqiqot ishtirokchilarining yarmi yotoqxonadagi hayotga yangi texnologiyalar ta’sir qilayotganini tan olishdi.

60 foizga yaqin niderlandiyaliklar vaqti-vaqti bilan smartfon bilan birga ko‘rpalarida yotishini, ularning yarmi esa, har kuni ko‘rpaga smartfonlari bilan birga yotar ekan.
Seksopatolog Byanka van Murstning aytishicha, bunga o‘xshash holat avval ham kuzatilgan, ya’ni smartfon va planshetlar chiqmasidan oldin ularga televizor halaqit qilgan. Mutaxassis hayotlarini nazorat qilishni o‘rganish va kechalarni texnikasiz o‘tkazish kerak deb maslahat berdi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Texnologiya | | Теги: planshetlar, jinsiy hayot, smartfon | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя