Главная » 2017 » Январь » 15 » Barak Obama Prezidentligi davridagi eng og‘ir kun haqida gapirdi
08:57

Barak Obama Prezidentligi davridagi eng og‘ir kun haqida gapirdi


Barak Obama Oq uyni tark etishidan oldin NBC telekanaliga intervyu berib, prezidentligidagi eng og‘ir kun haqida gapirdi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri. 

Obamaning aytishicha, 2012 yilning 14 dekabrida “Sendi-Xuk” boshlang‘ich maktabida 20 yoshli jinoyatchining bolalarga qarata o‘q uzgani uning prezidentlik davridagi eng og‘ir kun bo‘lgan.

“O‘zi o‘qiydigan maktabda 20 nafar begunoh go‘dakning vahshiylarcha o‘ldirilishi men uchun juda fojiali, hayotimdagi eng og‘ir kun bo‘lgan. Aynan shu kuni shaxsiy qo‘riqchilarimning ham ko‘ziga ilk marotaba yosh to‘lganini ko‘rdim”.  
 
O‘sha kuni 27 kishi fojia qurboniga aylangan edi. Qotil bolalardan tashqari o‘z onasini va maktabda bo‘lgan 6 nafar odamni ham o‘ldirgan. SHundan keyin o‘z joniga qasd qilgan.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: davridagi, prezident, haqida gapirdi, eng og‘ir kun, Barak Obama | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя