Главная » 2021 » Май » 5 » Bektemir Meliqo‘ziyevning chetlatilishi sababi aytildi. Bu – doping emas
09:20

Bektemir Meliqo‘ziyevning chetlatilishi sababi aytildi. Bu – doping emas


Avvalroq O‘zbekiston milliy antidoping agentligi bokschimiz Bektemir Meliqo‘ziyev 4 yilga diskvalifikatsiya qilingani haqida xabar tarqatgandi.

Ushbu holatga O‘zbekiston terma jamoasi katta murabbiyi To‘lqin Qilichevga izoh berdi.

«Bektemirning chetlatilishi doping sabab emas. Chetlatish uchun turli sabablar bo‘lishi mumkin. U yerda ba’zi majburiyatlar bor va bularning bajarilmasligi diskvalifikatsiyaga olib keladi. Hozirda diskvalifikatsiya sabab ko‘pchilikning hayoliga «u doping iste’mol qilgan ekan» degan fikr kelmoqda. Ammo aslida unday emas.

Bektemir bu vaziyatda WADA majburiyatini bajarmagan. Ya’ni, doping ofitserlar uni tekshirish uchun borgan vaqtda Bektemir AQShda istiqomat qiladigan manzil eshigi qulf bo‘lgan va ular qaytib ketishgan. Ikkinchi marotaba esa u mashg‘ulotlarda bo‘lgan. Uchinchi vaziyatda Bektemir aeroportda bo‘lgan. Chunki u o‘shanda Iordaniyadagi Osiyo/Okeaniya litsenzion turnirida qatnashish uchun yo‘l olayotgandi.

Biz endi-endi WADAning ADAMS tizimini tushunib bormoqdamiz. Bu borada ishlab chiqilgan qoidalar ko‘p. Bu bo‘yicha Milliy olimpiya qo‘mitasi, boks federatsiyasi tomonidan sportchilarimizga bu borada tegishli tushuntirishlar olib borilmoqda.

Mana shu uchta holat diskvalifikatsiyani keltirib chiqardi. Ammo bu uning qonida doping bor yoki mana shunday taqiqlangan moddalarni iste’mol qildi degani emas. Bizning yigitlarimiz o‘zimizning palov va qazilarimizni iste’mol qilib ham raqiblarini mag‘lub etaverishadi. Shu taomlarimizning o‘zi ham bokschilarimizga yaxshigina kuch bo‘ladi. Shu sababli ham o‘zbek bokschilari dopingga muhtoj bo‘lib qolmagan va bundan keyin ham muhtoj bo‘lmaydi. Chunki, doping noqonuniy ekanligini va foydasidan ko‘ra ziyoni kattaligini juda yaxshi bilamiz.

Buning professional boksga ta’siri bormi?

AIBAning antidoping qoidalari va professional boksniki alohida tizim hisoblanadi. Prof boksda ularni har bir jang oldidan tekshirishadi. U professional boksda toza chiqmoqda va faoliyatini davom ettiraveradi. Chunki, aytib o‘tilganidek, professional boksdan farqli ravishda havaskor boksda majburiyatlar ko‘p.

Hozirda ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston boks federatsiyasi tomonidan seminarlar ham tashkil etib berilmoqda. Bu borada tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Bokschilarimizning har biriga ingliz tilidan xabardor bo‘lgan xodim biriktirib qo‘yilgan. Bu federatsiyamiz rahbariyati, shu jumladan shaxsan Saken Jetibayevich tomonidan nazorat qilib borilmoqda. Milliy olimpiya qo‘mitasi qoshida ham bu borada ishchi guruh tuzilgan. Nazorat shu darajadaki, ularning qayerda bo‘lishi soat-soatigacha nazoratda», – deydi To‘lqin Qilichev. 


Manba: "xabar.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: doping, Bektemir Meliqo‘ziyevning, chetlatilishi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя