Главная » 2021 » Январь » 23 » «Bir yil avval tanishib, aka-uka bo‘lib qolganmiz». Xonanda Nasafiy homiysi kim ekanini aytdi
12:21

«Bir yil avval tanishib, aka-uka bo‘lib qolganmiz». Xonanda Nasafiy homiysi kim ekanini aytdi


Nasafiy taxallusi bilan tanilgan xonanda Aziz Akmalov YouTube’dagi «Yashin TV» kanaliga bergan intervyusida uning homiysi kim ekani, «Aktrisa» qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi.

Xonanda Nasafiy asosiy daromadini to‘y, tadbirlar, reklamalardan topishini aytib, homiysi kim ekanini ma’lum qilgan.

«Marat Xayrullayevich mening prodyuserim, homiyim. Lekin, bundan tashqari biz u bilan yaqin aka-uka bo‘lib qolganmiz. Homiy, prodyuser degan narsalar yo‘q. Oldindan tanish emasmiz, tanishganimizga yaqinda 1 yil bo‘ladi», — deydi xonanda Nasafiy.

Nasafiy 29 noyabr kuni «Aktrisa» nomli qo‘shig‘iga ishlangan videoklip premyerasini taqdim etgani aytilgan edi. U mazkur intervyusida ushbu qo‘shig‘ining yaralish tarixni aytib berdi.

«Bu ‘Bagira’ga o‘xshab 5 daqiqada yozilmagan. Dastlab, mani yorim aktrisa so‘zi kelgan hayolimga. Bu qo‘shig‘imni ham to‘liq o‘zim yozganman. Yaralish tarixiga kelsak, juda ajoyib bo‘lgan. Bu ashulam yaralgan vaqtda Marat aka bilan tanishgan edim. Ularning xotini aktrisaku, shu sababli boshida bu qo‘shig‘im haqida ayta olmaganman, qandaydir uyalish bo‘lgan. Buni yozishimga ko‘proq vaqt ketgan. Birinchi naqarotini yozganman, keyin kupletlarini yozganman», — deydi xonanda.

Ma’lumot o‘rnida, xonanda Nasafiy 1998 yil 29 may kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tug‘ilgan. U 4-sinfga qadar Qarshi shahridagi musiqa maktabida o‘qigan, 5-sinfda Toshkentga kelgan.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Nasafiy, Xonanda, homiysi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя