Главная » 2021 » Май » 13 » Birjada paxta chigiti narxlarining tushishi ortidan yog‘ narxi pasaydi
10:23

Birjada paxta chigiti narxlarining tushishi ortidan yog‘ narxi pasaydi


Joriy yilning 6-12 may kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJda o‘tkazilgan ochiq birja savdolari yakunlariga ko‘ra, texnik paxta chigitining birjadagi narxi 31,2% ga pasayib, 12 may holatiga ko‘ra, mahsulotning bir tonnasi uchun o‘rtacha 3 403,9 ming so‘mni tashkil etdi.
 
Ko‘rib chiqilayotgan davrda, birja savdolariga sotuvchi-korxonalar tomonidan 7 961 tonna paxta chigiti qo‘yildi va ulardan 5 903 ming tonnasi, ya’ni 74,1 foizi sotildi.
 
Texnik paxta chigitining birjadagi narxlarini pasayishiga uning boshlang‘ich narxlarini sotuvchi-korxonalar, ya’ni paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan pasaytirilganligi o‘z ijobiy ta’sirini o‘tkazdi.
Xususan, o‘tgan davrda paxta-to‘qimachilik klasterlari birja savdolariga qo‘yiladigan paxta chigitining boshlang‘ich narxlarini mahsulotning bir tonnasi uchun o‘rtacha 4 781,9 ming so‘mdan 2 933,3 ming so‘mgacha, ya’ni 38,7% ga pasaytirdi.
 
Texnik paxta chigiti narxining pasayishi oqibatida paxta yog‘ining boshlang‘ich qiymati va birjadagi narxlari ham pasaydi. Xususan, o‘tgan davrda paxta yog‘ining boshlang‘ich narxi o‘rtacha – 5,3 foizga, birja savdolari natijasida shakllangan narxi esa mos tarzda – 11,3 foizga pasayib, bugungi kunda mahsulotning bir tonnasi uchun 14 739,3 ming so‘mni tashkil qiladi.
 
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi birjada texnik chigitning boshlang‘ich narxlarini kelishib sun’iy oshirish alomatlari bilan 34 ta paxta klasteriga nisbatan ish qo‘zg‘atgan edi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: narxi, chigiti, Paxta, pasaydi, Birjada, Yog‘ | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя