Главная » 2022 » Декабрь » 10 » Ai-80 benzini narxi tushadimi? Energetika vaziri o‘rinbosari javob berdi
18:27

Ai-80 benzini narxi tushadimi? Energetika vaziri o‘rinbosari javob berdi


Ai-80 benzini narxi tushadimi? Energetika vaziri o‘rinbosari javob berdi

Avval xabar berganimizdek, Ai-80 markali benzini uchun aksiz solig‘i bekor qilingan edi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarida “aksiz solig‘i bekor qilingandan so‘ng AYOQSHlardagi benzin narxi tushadimi?” qabilida savollar paydo bo‘lmoqda.

O‘zbekiston energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev energo resurslari taqchilligi bo‘yicha keng muhokama qilinayotgan savollarga javob qaytardi.
Xodjayevga ko‘ra, Ai-80 markali benzini uchun aksiz solig‘i bekor qilinishi uning chakana narxini 1000-1200 so‘mga arzonlashishiga olib kelishi kerak va bugungi kunda ushbu benzin narxi 5500 so‘mgacha pasayishi kutilmoqda.

“Ta’kidlash joizki, birjaga chiqarilayotgan hajmlar ham ortganligi hamda birjada boshlang‘ich narxdan 5 foizdan ortiq bo‘lmagan holda uning bahosi oshishini inobatga olgan holda 5500 so‘mlik narx bu biz yaqin kunlarda AYOQSHlarda ko‘rishimiz mumkin bo‘lgan raqam”, deydi Xodjayev.


Manba: "Qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: javob, AI-80, berdi, narxi, vaziri, o‘rinbosari, benzini, tushadimi? Energetika | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя