Главная » 2023 » Август » 5 » Pokistonning sobiq bosh vaziri qamaldi
18:51

Pokistonning sobiq bosh vaziri qamaldi


Pokistonning sobiq bosh vaziri qamaldi

Pokistonning sobiq bosh vaziri va muxolifatdagi “Adolat harakati” partiyasi raisi Imron Xon uch yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “Dawn” gazetasi xabar berdi. Islomobod sudi Xonni Toshaxon davlat g‘aznasida saqlanayotgan qimmatbaho buyumlarni sotish bilan bog‘liq firibgarlik ishida “korrupsion harakatlar” qilganlikda aybdor deb topgan. Aytish joizki, joriy yilning 10 may kuni sobiq bosh vazirga nisbatan Pokiston Saylov komissiyasi jinoiy ish qo‘zg‘atganidan so‘ng ayblov e’lon qilingan. Bugun, 5 avgust kuni sudya Humoyun Dilavar birinchi instansiya sudida bu ish bo‘yicha sobiq bosh vazirga qo‘yilgan ayblar o‘z isbotini topdi, degan qarorga kelgan. Xon korrupsiyada aybdor deb topilgan. Shuningdek, sud uni 100 ming rupiy (1200 dollar) miqdorida jarima to‘lashga majbur qilgan. Sobiq bosh vazirning advokati politsiya Xonni uning Lahor shahridagi qarorgohida hibsga olganini ma’lum qilgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: qamaldi, vaziri, Pokistonning, sobiq, bosh | Рейтинг: 3.0/1

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя