Главная » 2021 » Январь » 24 » Braziliyada futbolchilar bo‘lgan samolyot halokatga uchradi: hech kim tirik qolmadi
23:09

Braziliyada futbolchilar bo‘lgan samolyot halokatga uchradi: hech kim tirik qolmadi


Braziliyaning «Palmas» klubi futbolchilari bo‘lgan samolyot parvoz paytida halokatga uchradi. Bu haqda «Globo» xabar berdi.

Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot Tokantins aviatsiya assotsiatsiyasining uchish-qo‘nish yo‘lagi oxirida ko‘tarilgan va qulab tushgan. Bortda to‘rt nafar futbolchi bo‘lgan — Lukas Praksedesh, Gilerme Noe, Ranul va Markush Molinari, klub prezidenti Lukas Meyra va uchuvchi Vagner. Ularning hech biri tirik qolmadi. Jamoa a’zolari Goyaniyada Vila-Nova jamoasi bilan o‘ynash uchun uchib ketishayotgan edi.

«Palmas» 1997-yilda tashkil etilgan. Jamoa Braziliyaning to‘rtinchi divizionida ishtirok etadi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Braziliyada, futbolchilar, Samolyot, tirik, halokatga uchradi, Qolmadi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя