Главная » 2016 » Декабрь » 2 » Brent nefti narxi 19-oktabrdan buyon birinchi marta 53 dollardan oshdi
09:31

Brent nefti narxi 19-oktabrdan buyon birinchi marta 53 dollardan oshdi


Brent markasidagi neftning fevral fyucherslari narxi London birjasidagi savdolar chog‘ida 2,2 foizga oshib, barreliga 53,4 dollargacha yetdi, deb yozadi “Vedomosti”. Bungacha Brent neftining bir barreli shu yilning 19-oktabrida 53 dollargacha ko‘tarilgan edi.

WTI markasidagi neftning yanvar fyucherslari esa 2,57 foizga — barreliga 50,71 dollargacha qimmatlashdi.

Neft OPEK sammitida qabul qilingan neft qazib olishni sutkasiga 32,5 million barrelgacha qisqartirish haqidagi qaror fonida qimmatlashmoqda. 2017-yil 1-yanvardan OPEK mamlakatlari bir kunda qazib olinadigan o‘rtacha neft hajmini 1,164 million barrelga kamaytiradi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Brent nefti, oshdi, neft, narx, Dollar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя