Главная » 2020 » Декабрь » 25 » Britan kompaniyasi toza havo sotishni boshladi: bir shishasi — 33 dollar
22:50

Britan kompaniyasi toza havo sotishni boshladi: bir shishasi — 33 dollar


Shu paytgacha bagaj (yuk)larni yetkazib berish bilan shug‘ullanib kelgan «My Baggage» (Buyuk Britaniya) kompaniyasi o‘z mijozlariga yangi va antiqa xizmatni taklif etishni boshladi.

11 yillik tarixga ega kompaniyaning shu paytgacha asosiy mijozlari xorijga chiquvchi talabalar, emigrantlar va sport jamoalari bo‘lgan.

Yaqinda kompaniya yangilikka qo‘l urdi: Angliya, Shotlandiya, Uels va Shimoliy Irlandiyaning toza havosini shisha idishlarga to‘ldirib sotishni boshladi. Maqsad: xorijga ketganlar o‘z vatani toza havosidan to‘yib nafas olishlari uchun.

«Havodan pul yasash» — chakana biznes emas: ma’lumotga ko‘ra, toza havo to‘ldirilgan 0,5 litrlik shisha narxi 33 dollar turadi. Bundan tashqari, kompaniya «premium» toifali xizmatlarga ham tayyor — istalgan mamlakatning havosini keltirib berishga va’da beryapti.

«My Baggage» — bungacha «London metrosi havosi» va «Fish and Chip» restorani hidlarini ham shishaga joylab pullay olgan kompaniya.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: kompaniyasi, Britan, toza havo | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя