Главная » 2017 » Август » 25 » Samsung kompaniyasi rahbari 5 yilga qamaldi
17:44

Samsung kompaniyasi rahbari 5 yilga qamaldi


Avvalroq, Janubiy Koreya prokuraturasi Samsung kompaniyasi rahbari Li Chje Yonni 12 yil ozodlikdan mahrum qilishni talab qilgayotgani haqida xabar bergan edik.

Samsung imperiyasining 49 yoshli merosxo‘ri Li Chje Yon korrupsiya, ishonchni suiste’mol qilish va boshqa jinoyatlarda aybdor deb topildi.

Seulning tuman sudi Janubiy Koreyaning Samsung konserni rahbarini 5 yillik qamoq jazosiga hukm qildi.

Korrupsiya masalasidagi ushbu jinoyat Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Pak Kin Xening yaqin dugonasi Chxve Sun Silga nisbatan ko‘rilgan korrupsiya ishi bilan bog‘liqligi aytilmoqda.

 

Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, Samsung Chxve Sun Sil rahbarlik qilayotgan tashkilotlarga katta miqdorda pul to‘lab kelgan.

Nigina Hakimova

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: samsung, rahbari 5 yilga qamaldi, kompaniyasi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя