Главная » 2018 » Апрель » 4 » Bunaqasi hali bo‘lmagan! O‘FA birdaniga 36 futbolchini chetlatdi
19:35

Bunaqasi hali bo‘lmagan! O‘FA birdaniga 36 futbolchini chetlatdi


Avvalroq, O‘FA tomonidan futbolchilarning jismoniy holati tasdiqlangan test-sinovlari orqali nazorat qilib borilishi haqida xabar berib o‘tgan edik.

Test-sinovlari o‘zbek futbolida ilk marta amalga oshirilayotgan bo‘lib, futbolchilarning jismoniy holati O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi.

Yangi mavsum oldidan Superliga klublari futbolchilaridan test-sinovlari topshrishgandi va natijalarga ko‘ra 16 nafar futbolchi sinovdan o‘ta olmaganligi sabab vaqtinchalik diskvalifikatsiya qilingan.

Endi Pro-liga klublari futbolchilari ham normativlar topshirishdi. Qayd etish joizki, Pro-ligada ishtirok etadigan klublar tarkibidagi ba’zi futbolchilar test-sinovlaridan o‘ta olishmadi. Aniqrog‘i 36 futbolchi belgilangan shartlarni bajara olishmagan.
 

“Orol” – 4
“G‘ijduvon” – 2
“Istiqlol” – 1
“Xorazm” – 2
“Sherdor” – 6
“Yozyovon” – 1
“Iftixor” – 2
“Labsa” – 3
“Lokomotiv BFK” – 2
“Nurafshon” – 4
“Sho‘rtan” – 1
“Zomin” – 5
“Xotira-79” – 5.


Klublarda natijalari qoniqarsiz chiqqan futbolchilar vaqtinchalik Pro-liga bahslariga qo‘yilmaydi. Pro-liganing 3-turidan keyin ulardan qayta test-sinovlari olinadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘FA birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov futbolchilar o‘z ustida ishlashi shartligi aks holda ularga lisenziya berilmasligini aytib o‘tgandi.

Akmalxon Eshonxonov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: futbolchi, O‘FA | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя