Главная » 2016 » Декабрь » 12 » Dori-darmonsiz bosh og‘rig‘ini yengamiz!
14:59

Dori-darmonsiz bosh og‘rig‘ini yengamiz!


Kutilmaganda boshingiz og‘rib qolsa, xona haroratigacha ilitilgan 1 stakan suv iching. Organizmdagi suvsizlanish tufayli bosh sohasida og‘riq qo‘zg‘alishi mumkin.

Kofein ham bosh og‘rig‘ida asqatadi. Ammo qon bosimi yuqori bo‘lganlar uchun bir finjon qahva kifoya.

Uzum, olxo‘ri yoki klyukva tarkibida yallig‘lanishga qarshi birikmalar hamda antioksidantlar bor. Og‘riq kuzatilganida bir shingil uzum, bir hovuch olxo‘ri yoki klyukva mevasidan yeyish, huddi og‘riqsizlantiruvchi preparat qabul qilishdek ta’sir qiladi.

Ba’zan boshdagi og‘riq qonda qand miqdorining kamayib ketgani sababli ham yuz berishi mumkin. Bunda sizga bir o‘ram achchiq shokolad yoki bir likopcha suli yormasidan tayyorlangan yegulik yordam beradi.

V 12 vitaminiga boy bo‘lgan ko‘katlar toliqish asoratida kelib chiqadigan bosh og‘rig‘iga davo sanaladi. Barra ko‘katlardan salat tayyorlab, kunora iste’mol qilsangiz bosh og‘rig‘i bezovta qilmaydi.

Bodring va tarvuz o‘zida suyuqlik miqdorini mujassam etgan poliz ekinlari hisoblanadi. Og‘riq yuzaga kelganida ikkita bodring yoki bir tilim tarvuz ayni muddao.

Keskin bosh og‘rig‘ida nam sochiqni ensa sohasiga qo‘yib, 8-9 daqiqa ushlab turish foyda berishi mumkin. Muolajadan so‘ng bo‘yinning bosh bilan tutashgan qismini yengil uqalash lozim. 


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Salomatlik | | Теги: bosh og'rig'i, Dori-darmonsiz | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя