Главная » 2016 » Октябрь » 24 » Tanamizdagi og‘riqlar nimadan darak beradi?
13:25

Tanamizdagi og‘riqlar nimadan darak beradi?


Bosh

Ushbu sohadagi og‘riq ko‘pincha organizmning zo‘riqishi, stress va surunkali charchoq oqibatida kelib chiqadi. Boshingiz og‘rishni boshlaganida dastlab, qon bosimingizni o‘lchating. Agar o‘zgarishlar bo‘lmasa, demak muammo qon bosimi bilan bog‘liq emas.

Bo‘yin

Umurtqa pog‘onasidagi o‘zgarishlar, ensada tuz yig‘ilishi, bo‘yinning orqa qismidagi nerv tolalarining shamollashi ushbu sohada og‘riqni paydo qiladi. Og‘riqsizlantiruvchi surtmalar va uqalash mashqlariga chalg‘imasdan shifokorga murojaat eting.

Yelka

Ruhshunoslar yelkadagi og‘riqni insonning ruhiyati bilan bog‘lashadi. Kuyinchak, boshqalarning muammosini ham o‘zinikiday qabul qiladigan kishilarda yelka og‘riqlari tez-tez uchrab turarkan. Boisi esa fahmlaganingizdek ortiqcha yukni yelkaga ortishdir.

Kurakning orqa  qismi

Agar orqa kurakning o‘ng qismi og‘risa, yurak faoliyatiga ahamiyat berish lozim. Agar og‘riq kurak bo‘ylab yoyilsa, nerv tolalarining shamollashidan darak bo‘ladi.

Bel

Tuz yig‘ilishi, og‘ir ko‘tarish, suyaklardagi o‘zgarishlar, ayollarda jinsiy a’zodagi yallig‘lanish jarayonlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Beldagi bezovtalikka befarq bo‘lish yaramaydi. Albatta, mutaxassisga uchrashish lozim.

Tirsak

Kamdan-kam hollarda kuzatiladigan og‘riq bo‘lsa ham e’tibordan chetda qoldirmang. Tirsakdagi og‘riq agar u chap qo‘lda bo‘lsa, yurak qon-tomir faoliyatiga ishora qilishi mumkin. Agar o‘ng qo‘lda bo‘lsa, lat yeyish yoki suyak bilan bog‘liq o‘zgarishlarga ishora qiladi.

Qo‘llar

Qo‘llarning uvishib og‘rishi faqat yurakka bog‘liq emas, vegetativ nerv tizimidagi buzilishlar ham qo‘llarda aks etishi mumkin. Shu bilan birga qo‘ldagi og‘riq umurtqa pog‘onasidagi biror o‘zgarishdan ham sodir bo‘ladi.

Bo‘ksa

Tana vaznining me’yordan ortiqcha ekanligi, bo‘ksaning oyoq bilan birlashgan qismiga zo‘riqish tushishi tufayli yallig‘lanish kelib chiqishi sabab og‘riq kuzatilishi mumkin. Shuningdek, keskin harakat qilinganida ham bo‘ksa sohasida og‘riq yuzaga keladi.

Tizza

Asosan tuz yig‘ilishi sabab tizzada og‘riq kuzatiladi. Bu paytda uqalash yoki issiq muolajalar bilan ovunmay mutaxassis ko‘rigidan o‘tish va to‘g‘ri davolanish zarur.

Oyoq kafti

Uzoq muddat tik oyoqda turish, vena qon tomirlari bilan bog‘liq muammolar, organizmning zo‘riqishi tufayli oyoq kaftida og‘riq kuzatilishi mumkin. Uyda moychechak yoki isiriqli vanna qabul qilib, og‘riqni yengillashtirolasiz. 


Категория: Fikr Mulohaza | | Теги: bosh og'rig'i, Og'riq, tanamizdagi og'riq | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя