Главная » 2020 » Июнь » 10 » Dunyoning eng qimmat shaharlari reytingida Toshkent nechanchi o‘rinda?
18:42

Dunyoning eng qimmat shaharlari reytingida Toshkent nechanchi o‘rinda?


2020-yilda Gonkong, Ashxobod va Tokio ekspatlar (xorijda ishlovchi kompaniya xodimlari) uchun dunyoning eng qimmat shaharlari deb topildi. Bu haqda «Mercer» kompaniyasining «Cost of Living Survey» tadqiqotida ma'lumot berildi.

Shuningdek, chet elliklar uchun Syurix, Singapur, Nyu-York, Shanxay, Byorn, Jeneva va Pekin shaharlarida yashash qimmatga tushishi mumkin.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, xorijliklar Tunis (209), Vindxuk (Namibiya) (208), Toshkent (207) va Bishkekda (206) eng kam xarajat qilishar ekan.

Mutaxassislar ro‘yxatni tuzishda dunyoning 209 shahridagi turar-joy, transport, oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-ro‘zg‘or buyumlari, sayr-tomoshalarning bahosini hisobga olishgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: nechanchi o‘rinda, reytingida, Dunyoning, eng qimmat shaharlari, toshkent | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя