Главная » 2016 » Декабрь » 11 » Elektron sigaret salomatlik uchun zararlimi?
15:36

Elektron sigaret salomatlik uchun zararlimi?


AQSh bosh jarrohi Vivek Mersi omma orasida keng tarqalgan elektron sigaretlarni salomatlik uchun eng zararli vosita, deb tan oldi. Bu haqda “Ru.euronews.com” xabar qildi.
 
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda elektron sigaret ko‘proq o‘smirlarni o‘ziga jalb qilmoqda.
 
“Voyaga yetmagan va o‘smir yoshidagi shaxslarning elektron sigaret chekishlari ular organizmida nikotin moddasiga bo‘lgan moyillikka sabab bo‘ladi, salomatlikka jiddiy putur yetkazadi va insonning aqliy salohiyatiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Yoshlar orasida elektron sigaretga bo‘lgan bu qadar katta qiziqish, vaqti kelib, butun AQShni qamrab olishi qo‘rqinchli”, deydi Vivek Mersi.
 
Statistik ma’lumotlarga qaraganda, ayni vaqtda AQShlik katta sinf o‘quvchilarining 16 foizi elektron sigaretani chekib ko‘rishga ulgurgan.

Umida Yakubova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Salomatlik | | Теги: salomatlik, Elektron sigaret | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя