Главная » 2018 » Январь » 29 » Choyning foydali xususiyatlari haqidagi uydirmalar va haqiqatlar
21:34

Choyning foydali xususiyatlari haqidagi uydirmalar va haqiqatlar


Albatta, tan olishimiz kerak, choy – juda foydali ichimlik bo‘lib, dunyoda ommaboplik borasida suvdan keyingi o‘rinda turadi. Tadqiqotlar choyning yurakni himoya qilish, zararli kimyoviy moddalarning ta’sirini qaytarish va insult xavfini kamaytirish xossalarini tasdiqlaydi. Lekin siz choy haqida eshitganlaringizning hammasiga ishonishga shoshilmang! Choy haqidagi mana bu 4 yolg‘onga endi ishonishni bas qiling.

Sut choyning hamma foydali xususiyatlarini yo‘qotadi

Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar bu nazariyaning yolg‘onligini fosh qildi. Olingan natijalarga ko‘ra, katexinlar (saratonning ba’zi turlarining xavfini kamaytirish bilan bog‘liq antioksidantlar) sutli choydan ham, sutsiz choydan ham bir xil miqdorda singdiriladi.

Ko‘k choydan ko‘ra qora choyda kofein ko‘proq

Choyning hamma turlari tarkibida kofein mavjud. Choydagi kofein miqdori ko‘pgina omillarga bog‘liq: choy qanday o‘stirilgan, yig‘ib olingan barglarning kattaligi qanday va ularga qanday ishlov berilgan. Tadqiqotlar choyning rangi kofein miqdoriga ta’sir ko‘rsatmasligini isbotladi.

Ko‘k choy ozishga yordam beradi

Ha, ko‘k choy boshqa choylar kabi foydali xususiyatlarga ega, lekin reklamalar bizni qanchalik ishontirishga urinmasin, uni ortiqcha vaznga qarshi “mo‘jizaviy vosita” deb aytib bo‘lmaydi.Bundan tashqari, kam ovqatlanishda ko‘k choyni suiiste’mol qilish nafaqat vaznni yo‘qotishga, balki me’daning buzilishiga ham olib keladi.

Qalampir choy qorin og‘riqlariga qarshi yordam beradi

Qalampir choy qorindagi og‘riqlarga qarshi – unchalik yaxshi vosita emas. Ba’zi odamlarda bu choy aksincha, gastroezofageal reflyuksni yoki jig‘ildon qaynashini keltirib chiqarishi mumkin. Agar qorningiz og‘riyotgan bo‘lsa, yaxshisi zanjabil bilan choy damlang.

Manba: “Xitrosti jizni”


Manba: "daryo.uz"
Категория: Salomatlik | | Теги: salomatlik, Choy, foydali | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя