Главная » 2020 » Декабрь » 13 » Elnur Abduraimov meksikalik bokschini 1-raunddayoq nokautga uchratdi
11:17

Elnur Abduraimov meksikalik bokschini 1-raunddayoq nokautga uchratdi


Professional boksning yengil vazn (61,2 kg) toifasida harakat qilib kelayotgan o‘zbekistonlik Elnur Abduraimov (6-0, 6 KO) o‘zining 6-jangini Toshkent vaqti bilan 13-dekabr, yakshanba kuni o‘tkazdi.

Meksikada o‘tkazilgan jangda Elnurga 22 yoshli Abraham Oliva (4-1, 3 KO) raqiblik qildi. Elnurning jangni faollik bilan boshladi va hech qancha vaqt o‘tmay raqibini chuqur nokaut holatiga solib qo‘ydi. Shu tariqa jang 1-raunddayoq yakuniga yetdi.

Natijada Elnur Abduraimov professional boksdagi 6-jangida 6-nokautli g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Oliva esa professional boksdagi ilk mag‘lubiyatini tan olishga majbur bo‘ldi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: nokautga uchratdi, Elnur Abduraimov, Meksikalik, raunddayoq | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя