Главная » 2017 » Март » 12 » Endi pensionerlar metrodan bepul foydanishlari mumkin
13:08

Endi pensionerlar metrodan bepul foydanishlari mumkin


  1. Shavkat Miromonovich Mirziyoev Toshkent shahar saylovchilari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda nafaqadagilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida rejalashtirilayotgan bepul transport xizmati to‘g‘risida to‘xtalib o‘tgan edi.

    O‘zbekiston Respublikasi Shavkat Mirziyoev2016 yil 29 dekabrda imzolagan “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzolagan edi. Unda nafaqadagi keksalarning salomatligini tiklashdan tortib, ijtimoiy himoya masalalariga ham katta e’tibor qaratilgan edi.

    Avvalroq, pensionerlar uchun Toshkent metropolitenida xizmatidan foydalanish bepul bo‘lishi haqida xabar bergan edik. Va nihoyat bu xabar o‘z tasdig‘ini topdi.

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 mart kuni qabul qilingan 128-sonli va Toshkent shahar hokimining shu kundagi 250-sonli “Toshkent metropolitenida pensionerlarga bepul xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida”gi qarorlariga ko‘ra joriy yil 15 martidan boshlab, soat 10:00 dan 16:00 gacha pensionerlar Toshkent metropolitenida bepul harakatlanishlari mumkin.

    Ma’lum qilinicha, pensionerlik guvohnomasini taqdim etgan yo‘lovchilarga maxsus qizil rangdagi bepul jeton beriladi va ular alohida turniketdan o‘tadilar.

    Xabarlarga qaraganda, metropolitenning bunday qulayligi uchun ko‘radigan zarar miqdorini davlat byudjeti qoplaydi.

Durdona Rasulova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: foydanishlari mumkin, Pensionerlar, Bepul, Metro | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя