Главная » 2016 » Ноябрь » 18 » Erkaklarga qanday maza! mana, buning 15 isboti!
13:38

Erkaklarga qanday maza! mana, buning 15 isboti!


— Eh, xotin! Men bo‘lmasam, nima qilarding-a?

— Shuni ayting, sizsiz uyimdagi divanim huvillab qolarmidi... Yaxshiyam bor ekansiz, dadasi, — shunday deya idishlarni yuvish uchun necha oydan beri buzilib yotgan jo‘mrakdan jildirab oqayotgan suvga tutaman. «Ha, erkaklarga mazza», deymanu qo‘lim ishdan bo‘shamaydi, xayolim o‘ydan. Qiziq-da, o‘ylab ko‘ring:

 

  1. Anjelina Joli allaqachon «modadan qolgan» bir paytda sevimli aktyorimiz Murod Rajabovni omma qanchalik yaxshi ko‘rishiga ahamiyat berganmisiz?
  2. Bir haftalik dam olishga borsa ham bittagina sumka bilan cheklana oladi. Qaytar chog‘ida ham yukning kerakli vazndan ortib ketish xavfi bo‘lmaydi.
  3. Ertalablari uni «egnimga nima kiysam ekan?» degan savol qiynamaydi.
  4. Erkaklar libosi sotiladigan do‘konlarda kiyimni kiyib ko‘rish uchun uzoq navbat kutmaydi.
  5. To‘y yoki boshqa biror marosimga borib kelib, «endi qanday ozaman, qaysi parhezni tutsam ekan», deb o‘ylanib o‘tirmaydi.
  6. To‘yga ketayotib, «bu kostyumimni qarindoshlarim ko‘rgan», deb bosh qotirmaydi.
  7. Do‘stlari qomatining o‘zgarishiga tanqidiy fikr bildirishmaydi. Oshna-og‘aynilari uchun yangi shimini qaysi bozordan necha pulga olganining ham ahamiyati yo‘q.
  8. Erkaklar «xotinim kecha ishdan kech qaytdi, sababi nimada ekan-a…» deb o‘ylamay, xotirjam futbol tomosha qiladi.
  9. «Mo‘ylovim bilinmayaptimi? Qoshimni terdirsammi», degan bema’ni fikr ularda umuman yo‘q.
  10. Telefon orqali suhbat uzog‘i bilan 40 soniya vaqtni olishi mumkin. Eng muhimi, bu qisqa fursat ichida u eng muhim masalalarni ikir-chikirigacha hal etishga ulguradi.
  11. U ona deb atalmish himoyachisi borligini biladi. Shuning uchun ham aybdor bo‘lsa-da, doim suvdan quruq chiqadi.
  12. Biror tantanaga kimdir unikiga aynan o‘xshash kostyum kiyib kelsa, asabiylashmaydi. Aksincha, u hatto o‘sha odam bilan do‘stlashib ketishi ham mumkin.
  13. Dush, sochiq, taroq (ba’zan taroq ham shart emas). Bo‘ldi, uning soch turmagi tayyor!
  14. Ishga kirayotib, rahbari uchun nechta farzandi borligi, tez-tez kasallikka chalinib, ish qoldirmasligining ahamiyati yo‘q.
  15. Eng muhimi, u hech qachon o‘zidan chiroyliroq jononni ko‘rib, «erimga ko‘z olaytirmadimikan», deb xavotirlanmaydi.

Xulosa: aziz dugonalar! Bu gaplarni erjoningizga o‘qib bering. Balki shunda ular ayol bo‘lish osonmasligini tushunishar, nima dedingiz?


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Fikr Mulohaza | | Теги: Er-xotin, Erkak, erkaklar, buning 15 isboti, Ayol, Mana, qanday maza | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя