Главная » 2018 » Апрель » 14 » “Eshak go‘shtini hatto itlarga ham berishmaydi, ular esa odamlarga pullamoqda...”
16:14

“Eshak go‘shtini hatto itlarga ham berishmaydi, ular esa odamlarga pullamoqda...”


So‘nggi kunlarda eshak go‘shti sotilayotgani bilan bog‘liq holatlar O‘zbekistonning turli chekkalarida uchramoqda. Shar’iy tomondan halol hisoblanmaydigan bu mahsulotni mol go‘shti deya sotilayotgani va odamlar tomonidan bilmay iste’mol qilinayotgani achinarli hol. Toshkent shahrida joylashgan “Mirzo Yusuf” jome masjidi imom xatibi Sayyid Rahmatulloh Termiziy bu holatga to‘xtalib o‘tar ekan, jumladan, shunday dedi:

No‘’mon ibn Bashir (r.a) rivoyat qilgan "Muttafaqun alayh" hadisida shunday deyiladi: “Rasul alayhissalomning shunday deyayotganlarini eshitdim: “Darhaqiqat, halol narsalar ochiq-oydindir, harom narsalar ham ochiq-oydindir. U ikkisining o‘rtasida esa shubhali narsalar borki, ularni ko‘pchilik bilmaydi. Kim ana shunday shubhali narsalardan o‘zini ehtiyot qilsa, dinini va obro‘sini pokiza asrab qoladi. Ammo kim shubhali narsalarga o‘ralashib qolsa, haromga ham tushib qoladi.

Buning misoli birovning qo‘rg‘oni yonida qo‘ylarini o‘tlatib yurgan cho‘ponga o‘xshaydi. Uning qo‘ylari sal qolsa, o‘sha qo‘rg‘onga kirib ketadi. Ogoh bo‘ling, har bir podshohning o‘z qo‘rg‘oni bordir. Ogoh bo‘ling, Allohning qo‘rg‘oni uning harom qilib qo‘ygan narsalaridir. Ogoh bo‘ling, jasadda bir parcha go‘sht bor, agar u sog‘lom bo‘lsa butun jasad sog‘-salomat bo‘ladi. Agar u aynisa butun jasad buziladi. U qalbdir”, dedilar.

Mana shu qalbning o‘rniga bo‘sh axlat qutisi bo‘lmasligi kerak ekan. Agar shunday bo‘lsa, qalb o‘rnida bo‘sh axlat quti bo‘lsa, inson shu darajada tubanlikka borar ekanki, odamlarga mol go‘shti deya eshak go‘shtini yedirar ekan. Va shu yo‘l bilan yillar davomida tap tortmasdan shu ishni qilaverarkan. Islom dini bilan sug‘orilgan xalqimizda eshak o‘layotgan vaqt uni halollab olishga harakat qilinmaydi, u o‘lgach, go‘shti hatto itlarga ham berilmaydi, ko‘mib qo‘ya qolishadi. Ammo ular sotishmoqda, harom narsani aldov yo‘li bilan pullashmoqda. Ular ham musulmon, musulmonning bolasi. Ota-bobolari ham musulmon bo‘lishgan. Ammo o‘rtada tarbiya yo‘q bo‘lib qolganligi uchun, ular mana shunday nopok ishlarni qilishmoqda.

“Halol standart” degan istilohni ko‘p ishlatyapmiz, bu rivojlanib bormoqda. Agar bu islohot yanada kengaysa, ko‘chalarda bemalol ovqatlanadigan bo‘linadi, har xil nopok narsalar aralashmagan taomlar iste’moli yo‘lga qo‘yiladi. Ota-bobolarimiz bekorga ko‘chadan ovqat yema deb aytishmagan ekan. Yuqorida aytganimizdek, “Halol standart” islohotiga jiddiy qaralsa, uni tez yo‘lga qo‘yilsa barchasi biz uchun, xalqimiz uchun a’lo bo‘ladi.


VIDEONI KO'RISH

Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: itlar, odam, Islom, Eshak go‘shti | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя