Главная » 2021 » Февраль » 15 » Eyfel minorasining rangini o‘zgartirishmoqchi
12:15

Eyfel minorasining rangini o‘zgartirishmoqchi


Parij-2024 Olimpiadasi arafasida shahar ramzi bo‘lmish Eyfel minorasi qayta bo‘yaladi. Bu haqda «Time Out» xabar berdi.

Eyfel minorasi so‘nggi marta 1968-yilda bo‘yalgan. Bo‘yoqdan so‘ng qo‘ng‘ir zanglagan ko‘rinishdagi minora sarg‘ish-jigarrang tusda tovlanadi — me’mor Gyustav Eyfelning vasiyati shu.

Parij Olimpiadasining triatlon va ochiq osmon ostidagi suzish bahslari Eyfel fonida o‘tadi.

Kolorizatsiya ishlari minoraning 19 qavatli eski bo‘yoqlarini ketkazishdan boshlanadi — maqsad minoraga tushadigan og‘irlikni kamaytirish. So‘ng ustidan 60 tonna yangi bo‘yoq uriladi.

Parijning «temir afsonasi» 2,5 millionta birlashtirgichlar bilan qotirilgan 18 mingta metall qismdan iborat, ularning barchasi tozalanib, qayta bo‘yab chiqiladi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Eyfel, minorasining, rangini | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя