Главная » 2016 » Ноябрь » 3 » “Forbes” jurnali eng ko‘p daromad topuvchi xonandalar reytingini e’lon qildi
15:06

“Forbes” jurnali eng ko‘p daromad topuvchi xonandalar reytingini e’lon qildi


“Forbes” jurnali eng ko‘p daromad oluvchi ayol xonandalar ro‘yxatini e’lon qildi.
 
Amerikalik xonanda Teylor Svift 2016 yil iyun oyigacha 170 million dollar miqdorda daromad olishga erishgan va “Forbes” jurnalining eng badavlat xonandasi reytingida oliy o‘rinda qayd etilgan. Teylor Svift asosiy daromadni may oyida Yaponiyada boshlangan konsert turnesidan olgan. Shuningdek, reklamadan ham katta miqdorda foyda ko‘rgan.
 
Reytingda 2 o‘rinni xonanda Adel egalladi. U shu vaqt mobaynida 80,5 mln dollar miqdorda daromad olgan. 76,5 mln dollar daromad bilan Madonna ro‘yxatning kuchli uchligini yakunlab berdi.
 
Keyingi qatorlardan jahonning ko‘zga ko‘ringan bir qator yulduzlari joy olishgan. Reytingni Rianna, Beyons, Keti Perri, Jennifer Lopes, Britni Spirs, Shanayya Tveyn va Selin Dion davom ettiradi.

Durdona Rasulova 


Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Forbes jurnali, Xonandalar, eng ko‘p daromad topuvchi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя