Главная » 2016 » Декабрь » 23 » Galina Melnikova yuksak unvon bilan taqdirlandi
19:29

Galina Melnikova yuksak unvon bilan taqdirlandi


Qariyb 60 yildan buyon O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasida faoliyat olib borayotgan taniqli diktor Galina Melnikova “O‘zbekiston xalq artisti” unvoniga sazovor bo‘ldi.
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, 23 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Galina Melnikovaga “O‘zbekiston xalq artisti” unvoni berish to‘g‘risida” qaror qabul qilgan.
 
Milliy teleradiokompaniyadagi o‘zining samarali mehnati, diktorlik san’atini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi, xalqning ma’naviy darajasini oshirish, yoshlarni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdek muhim jarayondagi faol ishtiroki uchun Galina Melnikovaga mazkur unvon topshirildi.
 
Galina Melnikova 1956 yil 26 dekabrdan buyon televidenie sohasida faoliyat olib boradi. U ko‘p yillar davomida “Axborot” informasion dasturi va ko‘plab tantanali tadbirlarda boshlovchilik qilgan.
 
Galina Melnikova shu vaqtgacha O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, “Do‘stlik” ordeni, “Pushkin medali” kabi unvonlarga sazovor bo‘lgan.
 
23 dekabr sanasida Galina Melnikova o‘zining 80 yoshini ham nishonlamoqda. Fursatdan foydalanib, saytimiz nomidan Galina Melnikovani tavallud ayyomi, qolaversa, yuksak unvon bilan chin dildan muboradbod etamiz.

Durdona Rasulova 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: O‘zbekiston xalq artisti, Galina Melnikova, yuksak unvon | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя