Главная » 2021 » Сентябрь » 18 » O‘zbekiston xalq artisti vafot etdi
09:35

O‘zbekiston xalq artisti vafot etdi


Taniqli aktyor, O‘zbekiston xalq artisti Shuhrat Ergashevning vafoti haqida «Feysbuk»dagi Tashkent Retrospective sahifasi xabar berdi.

Shuhrat Ibrohimovich Ergashev 1945-yilda Toshkentda tug‘ilgan. U lift zavodida montajchi bo‘lib ishlagan. Keyinroq Toshkent teatr va rassomchilik institutining aktyorlik fakultetini tamomlagan (1968).

O‘qishni tugatgach, Toshkent davlat akademik rus drama teatrida aktyor sifatida bir qator qiziqarli obrazlarni yaratgan.

1970-yildan «O‘zbekfilm» kinostudiyasida ish boshlagan. U kino aktyori sifatida Elyor Ishmuhammedovning «Noziklik» (1966) filmida debyut qilgan.

Faoliyati davomida o‘ttizdan ortiq filmlarda rol o‘ynagan: «Dilorom» (Moni), «Qo‘mondonning qaytishi» (Mauser), «U yolg‘iz emasdi» (Akbarov), «Qora konsulning o‘limi» (Jamol Ubaydulla), «Semurg‘» (Sherzod), «Bu yaxshi yigit» (Timur), «Men senga shahar beraman» (haydovchi), «Uchrashuvlar va ajralishlar» (Shuhrat), «Shumbola»(kinochi), «Ilk yo‘lovchilar» (Akbarov) va shular jumlasidan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: O‘zbekiston xalq artisti, vafot etdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя