Главная » 2021 » Январь » 4 » “Gap topa olmadi”: Aziz Haydarov Davron Kabulov bilan bo‘lgan suhbat haqida gapirib berdi
22:52

“Gap topa olmadi”: Aziz Haydarov Davron Kabulov bilan bo‘lgan suhbat haqida gapirib berdi


O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Aziz Haydarov intervyu berdi. U suhbat davomida Davron Kabulov bilan bo‘lgan muloqot haqida gapirib berdi.

Bu  haqda "Everyday.uz" yozmoqda.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi qoshidagi milliy terma jamoalar markazi direktori Haydarov milliy jamoani boshqarish niyatida bo‘lgan Kabulov bilan uning ushbu maqsadi haqida suhbatlashgan. Haydarovning so‘zlariga ko‘ra, shoumen uning gaplariga javob bera olmagan va izohdan qochgan.

“Shu odamni ko‘rib qoldim. Men unga mana shunaqa takliflar berardingiz, men terma jamoani boshlig‘iman, keling men sizga bir jamoa beray, terma jamoa emas, shunchaki bir yoshlar jamoasini beraman, bir mashg‘ulot qildirib ko‘ring, dedim.  Men unga ushbu jarayonda qatnashib ko‘rishni taklif qildim. Men unga yana agar men qo‘limga mikrofon olib qo‘shiq aytsam, ustimdan kulasiz, dedim. Men ham xuddi shunaqa, sizni bitta mashg‘ulotda ko‘rmoqchiman desam gap topa olmadi”,  deydi Haydarov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq shoumen jamoani boshqarishga tayyor ekanini va jahon chempionatiga olib chiqishga tayyor ekanini aytgan. U, shuningdek, agar shunday taklif tushsa hazillashgan edim deya qochib ketmasligini, balki shu taklifni qabul qilishini bildirgan.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Aziz Haydarov, Davron Kabulov, suhbat | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя