Главная » 2017 » Июль » 19 » GM Uzbekistan mustaqillikning 26 yilligiga yangi rusumdagi avtomobillar taqdim etishini ma’lum qildi
10:50

GM Uzbekistan mustaqillikning 26 yilligiga yangi rusumdagi avtomobillar taqdim etishini ma’lum qildi


ugungi kunda Andijondagi GM Uzbekistan avtomobil zavodida Chevrolet brendi ostida Spark, Lacetti, Cobalt, Orlando, Captiva, Labo, Malibu kabi xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy avtomobillar ishlab chiqarilmoqda, ular nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijda ham xaridorgir, deb xabar berdi O‘zA.

O‘tgan yildan e’tiboran T-250 loyihasi doirasida “Yevro-5” talablariga mos Ravon brendi ostidagi dastlabki Nexia-R3 avtomobillari xaridorlarga yetkazib berila boshlandi. Italiya texnologiyasi asosida metan gaziga moslashtirilgan Lasetti ishlab chiqarish bo‘yicha dastlabki qadam qo‘yildi.

Korxonamizning bosh shiori — xaridorlar talab va istagidan kelib chiqqan holda, xavfsiz va qulay zamonaviy rusumdagi avtomobillar ishlab chiqarish. Shu maqsadda yangi rusumdagi modellarni joriy etish ustidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Vatanimiz mustaqilligining 26 yillik bayramiga xalqimizga yangi rusumdagi avtomobillarni taqdim etishni rejalashtirganmiz.

Rustam Rajabov, GM Uzbekistan AJ bosh direktori vazifasini bajaruvchi.

Biroq hozircha aynan qanday rusumdagi yangi avtomobillar ishlab chiqarila boshlanishi ochiqlanmadi.

Yiliga 300 mingga yaqin avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega GM Uzbekistan AJda bugungi kunda 10 mingdan ziyod ishchi-xodim mehnat qilmoqda. Ularning 70 foizi yoshlardir.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 26-maydagi “General Motors Uzbekistan AJ ishlab chiqarayotgan mahsulotlarga narxlar shakllanishini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida shu yilning 1-iyunidan boshlab GM Uzbekistan AJning barcha avtomobil modellarini ichki bozorda milliy valyuta — so‘mga sotish yo‘lga qo‘yildi.

Ichki bozorda avtomobillarni sotish bo‘yicha elektron baza shakllantirilgan. U 2 bosqichda amalga oshiriladi. Dastlabki bosqichda xaridorlardan elektron arizalarni qabul qilish va elektron navbat yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ikkinchi bosqichda yagona portal orqali shartnomalar rasmiylashtiriladi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Avto Olam | | Теги: GM Uzbekistan, rusumdagi, 26 yil, avtomobillar, ma’lum qildi, mustaqillik, Yangi, taqdim etish | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя