Главная » 2018 » Апрель » 23 » GM Uzbekistan Chevrolet Orlando modelini yig‘ish to‘xtatilganini ma’lum qildi
17:37

GM Uzbekistan Chevrolet Orlando modelini yig‘ish to‘xtatilganini ma’lum qildi


Chevrolet Orlando avtomobilini sotib olish borasida yuzaga kelayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, GM Uzbekistan mazkur modelni yig‘ishni 2018-yilning 16-aprelidan boshlab to‘xtatgan. Bu haqda Jamoatchilik bilan ishlash xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu modelni yetkazib berish borasidagi shartnomalarga arizalarni ro‘yxatga olish 2017-yilning noyabrida to‘xtatilgan.

GM Uzbekistan AJ dilerlik korxonalari bilan birgalikda Chevrolet Orlando rusumidagi avtomobillarga tuzilgan shartnomalar uchun iste’molchilar oldida o‘zining majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarilishini hamda shartnoma shartlarida belgilangan muddatlarda avtomobilni to‘liq yetkazib berilishini ta’minlaydi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Avto Olam | | Теги: to‘xtatilgan, modeli, yig‘ish, ma’lum qildi, GM Uzbekistan, Chevrolet Orlando | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя