Главная » 2016 » Декабрь » 6 » Go‘shtdan rulet - Tvorog bilan yanada mazali!
17:44

Go‘shtdan rulet - Tvorog bilan yanada mazali!


Zarur masalliqlar (4 kishilik): qiymasiga: 500 gr. go‘sht qiymasi, 1 bosh piyoz, 2 bo‘lak sarimsoq piyoz, 5 osh qoshiq non talqoni, 2 osh qoshiq ketchup, o‘simlik yog‘i, tuz, qora murch. Ichiga solishga: 300 gr. tvorog, 2 osh qoshiq smetana, qizil bulg‘or qalampiri (qovurilgan yoki «lecho»dagisi), 1 bog‘ rayhon, kinza va peshtrushka, tuz.

Tayyorlanishi: 1. Piyoz va sarimsoq piyozni maydalab to‘g‘rab, go‘sht qiymasiga qo‘shing. Tuxum, non talqoni va ketchupni ham soling (1- rasm). Tuz, murch sepib, aralashtiring.

2. Qiymani qalinroq sellofan ustiga solib, 7 mm. qalinlikda to‘rtburchak shaklda yoying (2-rasm).

3. Maydalangan ko‘katlar va smetanani tvorog bilan aralashtiring. Keyin yoyilgan qiyma ustidan soling. Ustidan  bulg‘or qalampiri bo‘laklarini qo‘yib chiqing (3-rasm).

4. Sellofan yordamida go‘sht qiymasini rulet shaklida o‘rang (4-rasm).Yog‘langan qolipga solib, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 40 daqiqaga qo‘ying.

Tayyorlanish vaqti: 1 soat.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Ritseptlar | | Теги: tvorog, ritsept, rulet, Go‘shtdan rulet | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя