Главная » 2020 » Июнь » 3 » Hindistonda oila bedarak yo‘qolgan otasini 2 yil izladi. U TikTok tufayli topildi
12:01

Hindistonda oila bedarak yo‘qolgan otasini 2 yil izladi. U TikTok tufayli topildi


Eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan hindistonlik Venkateshvarlu ikki yil oldin yo‘qolib qolgan edi, deb yozad BBC.

U o‘zi tug‘ilib o‘sgan Telangan shtatidagi qishloqdan ishlash uchun chiqib ketib, qaytib kelmagan. Uning xotini va besh farzandi uyda qolgan.

Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, Venkateshvarlu o‘zi ketayotgan yo‘nalishda harakatlanayotgan yuk mashinasiga chiqib olgan. Haydovchi buni sezmagan, erkak esa uxlab qolgan. Oqibatda haydovchi uni yo‘lning o‘rtasida tashlab ketgan.

Shunda Venkateshvarlu uyiga yetib olish uchun boshqa transport tutishga uringan. Biroq uni mutlaqo boshqa yo‘nalishga olib ketishgan. U Panjob shtati shimolidagi Ludxiyana sanoat shaharchasiga borib qolgan. Pulsiz qolgan erkak tilanchilik qila boshlagan. Erkakning yomon eshitishi va gapirishi vaziyatni og‘irlashtirgan.

Erkak tasodifan politsiyachi Ajayb Singh tasvirga olgan videoga tushib qolgan. Karantin vaqtida politsiyachi nochorlarga ovqat tarqatgan. Xayriya ishlarini u videoga olib, TikTok’ka joylashtirgan. Shunday videolardan birida Venkateshvarlu ham ko‘rinib qolgan.

Videoni qariyaning o‘g‘li ko‘rib qoladi. Oila zudlik bilan Ludxiyana politsiyasi bilan bog‘lanib, erkakni topgan va uyiga olib ketgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Oila, Hindistonda, bedarak yo‘qolgan, Otasini, tiktok, tufayli topildi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя