Главная » 2017 » Июнь » 2 » ​Hindistonda yovvoyi fil 4 kishini o`ldirdi
17:50

​Hindistonda yovvoyi fil 4 kishini o`ldirdi


Hindistonning Tamilnad shtatida yovvoyi filning hujumi oqibatida 4 kishi, shu jumladan 12 yoshli qiz halok bo`ldi, ikki kishi tan jarohati oldi, deb xabar qildi Ria.ru nashri.

Yovvoyi fil kechasi uylardan biriga, odamlar uxlab yotgan xonaga bostirib kirgan, ikki kishi va 12 yoshli qizga hujum qilgan. Shundan keyin dalaga yo`l olib, u erda ham ikki nafar ayolni toptagan. Tan jarohati olgan odamlarning hammasi kasalxonaga keltirilganiga qaramay, ularning hayotini saqlab qolishning iloji bo`lmadi. Yovvoyi filning chorshanba kuni o`rmondan chiqqanligini aksariyat odamlar ko`rgan. O`rmon xo`jaligi departamenti xodimlari yovvoyi filni aholi yashaydigan punktdan olib chiqish yo`llarini izlamoqda. Ekologlarning fikricha, filning g`azablanishiga odamlarning ular yashaydigan joyga borib, bezovta qilgani va qurg`oqchilik sabab bo`lgan.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: yovvoyi fil, oldirdi, 4 kishi, ​Hindiston | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя