Главная » 2017 » Август » 2 » Intuisiya — ichki ovozingizga ishonish mumkinmi?
11:09

Intuisiya — ichki ovozingizga ishonish mumkinmi?


Ba’zan ichki sezgimiz bilan biror ko‘ngilsizlik yoki muhim voqea sodir bo‘lishini oldindan sezamiz. Tasodifmi, yo‘qmi, ba’zan o‘sha kutgan xodisa ro‘y beradi ham. Shunda «Ko‘nglim sezuvdi-ya», deb qo‘yamiz. Xo‘sh, ichki «ovoz»imiz qanchalik rivojlangan? Unga ishonishimiz mumkinmi? Bu savollarga quyidagi test orqali javob olishingiz mumkin.

1. Tez-tez tush ko‘rasizmi?

A) Ha, tez-tez.

B) Kam hollarda.

V) Bilmadim, tushlarni yaxshi eslab qololmayman.

2. Bir ko‘rishda muhabbatga ishonasizmi?

A) So‘zsiz, ishonaman.

B) Yo‘q, ishonmayman.

V) Menda bunday sevgi bo‘lmagan.

3. Notanish joylarda yo‘lni osongina topa olasizmi?

A) Ha, men uchun bu qiyin ish emas.

B) Yo‘q, men uchun bu katta muammo.

V) Qo‘limda xarita bo‘lsa, uddalayman.

4. Odamlarning «farqiga borasizmi»?

A) Ha, deb o‘ylayman.

B) Yo‘q, shuning uchun ham odamlardan ko‘p ko‘nglim qolgan.

V) Menimcha, hamma qatori.

5. Bolalar bilan til topishasizmi?

A) Ha, bu juda oson.

B) Yo‘q, hatto o‘z bolalarim bilan ham til topishishim qiyin bo‘ladi.

V) Bu qanday bola ekanligiga bog‘liq.

6. Odamlarning yuzini yaxshi eslab qolasizmi?

A) Ha.

B) Yo‘q.

V) Unchalik emas.

7. Folbinlarga ishonasizmi?

A) Yo‘q, umuman ishonmayman.

B) Ishonaman va ularga tez-tez murojaat etib turaman.

V) Ba’zan ha, ba’zan yo‘q.

8. Tarixga qiziqasizmi?

A) Ha, juda.

B) Yo‘q, bugungi kunga qiziqish kerak.

V) Unchalik emas, menga faqat tarixiy romanlar yoqadi.

9. Detektiv asarlarga qiziqasizmi?

A) Unchalik emas, odatda kitobning yarimiga keliboq, kim qotil ekanligini bilib olaman.

B) Yo‘q.

V) ha, juda yaxshi ko‘raman.

10. Hayvonlarni yaxshi ko‘rasizmi?

A) Ha, barchasini.

B) Yo‘q, ayniqsa mushuklarni.

V) Qanday jonzotligiga qarab.

Har bir «A» javobi uchun 10 ball, «B» – nol ball, «V» uchun esa besh balldan belgilang. Endi barcha ballarni qo‘shib, yig‘indisini chiqaring.


HISOBLAYMIZ

To‘plagan ballingiz 0 dan 30 gacha bo‘lsa:

Ichki ovozingiz odatiy vaziyatlarda yaxshi ish beradi. Ammo noodatiy holatlarga duch kelsangiz, ojizlik qiladi. Sizga maslahatimiz, ichki sezgingizni rivojlantiring. Masalan, oldingizda piyodami yoki transportda ketish tanlovi tursa, xayolingizga birinchi kelgan yo‘lni tanlang. Bunday tanlovlarni ko‘p bora sinab ko‘ring, shunda ichki ovozingizni eshitishni o‘rganasiz.

Natija 31 dan 70 gacha bo‘lsa:

Intuisiyangizga suyanishingiz mumkin. Xayolingizga kelgan birinchi xulosa, to‘g‘ri qaror bo‘ladi. Uni boshqalar so‘ziga qarab o‘zgartirishga yo‘l qo‘ymang.

Agar 70 balldan ko‘p bo‘lsa:

Ichki ovozingiz hayotingizda ko‘p yordam beradi. Ko‘pchilik bu qobiliyatingizga xayron qoladi. Ammo bu sizni chalg‘itmasligi kerak. Ko‘nglim sezyapti, deyishdan uyalmang, o‘z fikringiz bo‘yicha ish ko‘ring.

KAMOLA tayyorladi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Fikr Mulohaza | | Теги: Intuisiya, ichki ovoz, ishonish, mumkin | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя