12:05 Qozog‘iston, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida uch tomonlama ittifoq tuzilishi mumkin | |
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekistonning o‘ziga xos uch tomonlama ittifoqini tashkil etish taklifini qo‘llab-quvvatladi. Bundan tashqari ikki davlat rahbari gaz sohasidagi muammolarga yechim topishga kelishib olishdi. “Ha, qo‘shimcha muvofiqlashtirishni va hatto muzokaralarni talab qiladigan masalalar bor. Xususan, gap gaz sektori haqida ketyapti. Lekin biz qandaydir masalani dramalashtirmayapmiz. Men Vladimir Vladimirovichga shunday masalalar borligini aytdim, ular muhokama talab qiladi, lekin mutlaqo dramatizatsiyani emas. Bu ish yuzasidan bo‘ladigan masalalar”, - dedi Qozog‘iston Prezidenti. Davlat rahbari bu so‘zlarni Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin bilan Kremlda Rossiya-Qozog‘iston oliy darajadagi muzokaralaridan so‘ng bo‘lib o‘tgan uchrashuvda aytgan. “Bundan tashqari, bugun Vladimir Vladimirovich qandaydir uch tomonlama ittifoq tuzishimiz kerakligini aytdi va u O‘zbekiston prezidentiga qo‘ng‘iroq qilmoqchi”, — dedi To‘qayev.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|