Главная » 2023 » Август » 5 » Qozog‘iston O‘zbekiston orqali mahsulot eksport qilmoqchi
16:31

Qozog‘iston O‘zbekiston orqali mahsulot eksport qilmoqchi


Qozog‘iston O‘zbekiston orqali mahsulot eksport qilmoqchi

Qozog‘iston O‘zbekiston orqali Afg‘oniston va Tojikistonga mahsulot eksport qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Qozog‘iston bosh vaziri matbuot xizmati xabar berdi.Ma’lumotlarga ko‘ra, 2 avgust kuni Qozog‘iston Savdo va integratsiya vaziri Serik Jumangarin va Afg‘oniston Savdo va sanoat vaziri Alxaj Nuriddin Aziziy tovarlar uchun muqobil yo‘nalishlar yaratish masalasini muhokama qildi. Serik Jumangaringa ko‘ra, aprel oyida Kobulga tashrifi chog‘ida tomonlar o‘z oldiga mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollardan 3 milliard dollarga oshirish vazifasini qo‘ygan. Shunga ko‘ra, Qozog‘iston o‘z tovarlarini Turkmanistonga eksport qilish uchun muqobil va foydaliroq yo‘nalishni ishlab chiqmoqda. Jumladan, Qozog‘iston temir yo‘l kompaniyasi qo‘shimcha Turkmaniston-Afg‘on tranzitining amaldagi 30 foiziga qo‘shimcha 10 foiz chegirma beradi. Bu orqali kompaniya ushbu tranzitni Turkmaniston hududi orqali mamlakat chegarasida joylashgan Turg‘undi shahrigacha cho‘zish imkoniga ega bo‘ladi.“Bugun Turkmaniston o‘z hududida yuk tashishni rivojlantirishdan manfaatdor va imtiyozli tranzit tarifini taqdim etishga tayyor. Bu yo‘nalish, birinchi navbatda, un mahsulotlari uchun muqobil yuk tashish yo‘nalishiga aylanishi mumkin”, dedi vazir.Hozirda Trans-Afg‘on yo‘nalishida yuklarni tashish tartibi soddalashtirilgan. Biroq, ushbu marshrutdan foydalanishning muammoli jihatlaridan biri quyma yuklarni tashishning yuqori narxidir. Shunga ko‘ra, Qozog‘iston Afg‘onistondan mamlakat quyma yuklari uchun tariflarni 200 dollargacha kamaytirish masalasini ko‘rib chiqishni iltimos qildi.Ma’lumot uchun, bugungi kunda O‘zbekiston hududidan G‘alaba bekati orqali Afg‘onistonga don va unni olib o‘tishda temir yo‘l tarifiga 20 foizlik chegirma joriy etilgan.Eslatib o‘tamiz, avgust oyida Eron, O‘zbekiston va Turkmaniston vakillari xalqaro tranzit yo‘lagi yaratish istiqbollarini muhokama qilgan.

 

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: orqali, qilmoqchi, O‘zbekiston, Qozog‘iston, eksport, mahsulot | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя