Главная » 2020 » Октябрь » 22 » «iPhone 12»ning zaif tomoni oshkor qilindi
18:36

«iPhone 12»ning zaif tomoni oshkor qilindi


«iPhone 12» tadqimotidan so‘ng, ko‘plab sharhlovchilar yangi smartfon ustida tadqiqotlar olib borishdi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, smartfon batareyasining ishlash muddati past. Bu haqda «The Verge» jurnalining «IPhone 12 Pro» qurilmalarini sharhida aytilgan.

Bosh muharrir Nilay Patelning so‘zlariga ko‘ra, «iPhone 12 Pro» batareyasining ishlash muddati 4G va 5G tarmoqlari o‘rtasida juda katta farq qiladi. Tadqiqotchilarning aytishicha, smartfon taxminan 2,5 soatlik ish vaqtidan so‘ng quvvati 18 foiz qolgan.

«Engadget» jurnali mualliflarining fikriga ko‘ra, quvvat pasayishini yangi smartfonlarning asosiy kamchiliklaridan biri deb atashdi.

Shuningdek, «The Verge» bosh muharriri batareyaning ishlash muddati bilan bog‘liq vaziyatga oydinlik kiritish uchun «Apple»ga murojaat qildi. Izohda aytilishicha, kompaniya akkumulyator batareyasi butun kun davomida ishlashini ta’minlash ustida ish olib bormoqda.

«Apple» kompaniyasining yangi avlod smartfonlari taqdimoti 13 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan edi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mobile Telefonga | | Теги: oshkor qilindi, iPhone 12, zaif tomoni | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя