Главная » 2017 » Июль » 28 » Iqtidorli talabalar chet elda davlat hisobidan o‘qiydi
15:37

Iqtidorli talabalar chet elda davlat hisobidan o‘qiydi


Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarning malakasini oshirish “Iste’dod” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Unga ko‘ra, Jamg‘armaning nomi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining chet elda stipendiatlarning malaka oshirishi, stajirovka o‘tashi va ta’lim olishini tashkil etish “Iste’dod” jamg‘armasi” deb o‘zgartirildi.

Jamg‘armaga Prezident Farmoni bilan tasdiqlangan Vasiylik kengashi rahbarlik qiladi.

2017–2018 o‘quv yilidan boshlab xorijda malaka oshirish, stajirovka o‘tash hamda magistratura va PhD dasturlari bo‘yicha ta’lim olishga yuborish tanlov asosida amalga oshiriladi.

Tanlovni o‘tkazish Jamg‘arma tomonidan tashkil etiladigan qabul komissiyasi zimmasiga yuklanadi. Komissiya tanlov natijalarini umumlashtiradi va ularni Jamg‘armaning Vasiylik kengashi tasdig‘iga taqdim etadi.

Jamg‘arma stipendiyalari Vasiylik kengashi tomonidan har yili tasdiqlanadigan maqsadli dasturlar asosida ajratiladi. Chet elda ta’lim olish uchun to‘lanadigan mablag‘, chet el vizasi uchun to‘lov, yo‘l xarajatlari (bir yilda xorijga borish va kelish uchun bir martalik aviachipta, temir yo‘l chiptalari va boshqalar), turar joy hamda ovqatlanish haqi, darslik va o‘quv qo‘llanmalar sotib olish uchun hamda bevosita ta’lim bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa harajatlar Jamg‘arma hisobidan bo‘ladi.

Sumbula


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: o‘qiydi, Iqtidorli talabalar, davlat hisobidan, chet elda | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя