Главная » 2017 » Январь » 30 » Islom Karimov haqida tayyorlangan film
11:24

Islom Karimov haqida tayyorlangan film


30 yanvar – O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov tavallud topgan kun.
 
Har yili 30 yanvar kuni g‘oyibona bo‘lsa-da Islom Karimovga uzoq umr tilardik, ko‘p yillar yurtimizga bosh bo‘lishini Yaratgandan so‘rar edik. Uni bergani uchun shukrona aytardik.
 
Boshimizga ne tushishidan qat’i nazar Yurtboshiga suyanardik. Tinchligimizni bus-butunligicha unga ishongandik. Kelajakka ham katta umid bilan boqardik. Shahdam qadam tashlashni o‘rgatgan ham, hech kimdan kam bo‘lmaganmiz, kam bo‘lmaymiz, deb yuragimizga uchqun tashlagan ham Islom Karimov edi. Kun kelib u bizni tark etishini o‘ylashga ham qo‘rqardik, go‘yo Yaratgan uni bir umrga bog‘lab berib qo‘ygandek...
 
Afsus... Prezident Islom Karimovning umri mehnatda, zahmatda o‘tdi. Rohatini esa ko‘proq biz ko‘rdik, ko‘rayapmiz. U naqadar odil rahbar, buyuk davlat va siyosat arbobi, donishmand inson bo‘lganini balki angladik, balki yo‘q.
 
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich tavallud topgan kun munosabati bilan 30 yanvar kuni “MY5” telekanalida “Islom Karimov Mustaqil O‘zbekiston asoschisi” nomli filmi efirga uzatilishi haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi raisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Firdavs Abduxoliqov boshchiligida suratga olingan mazkur hujjatli film butun O‘zbekiston xalqini tezevizor qarshisiga muhrladi.
 
Oramizda filmni tomosha qilishga ulgurmaganlar va bundan afsuslanayotganlar talaygina. Tahririyatimizga bo‘lgan ko‘plab murojaatlarni inobatga olgan holda dasturni saytimiz orqali taqdim etamiz. 


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Islom Karimov, tayyorlangan film, haqida | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя