Главная » 2022 » Ноябрь » 25 » Neymarning jarohati haqida aniq ma’lumot berildi
20:06

Neymarning jarohati haqida aniq ma’lumot berildi


Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar kecha, 24-noyabr kuni Serbiyaga qarshi bahsning 80’ daqiqasida jarohat olib maydonni tark etgan edi.

Uning zaxiradagi xatti-harakatlari videolari tarqalganda, jarohat o‘ta jiddiy va Neymarning JChni o‘tkazib yuborishi mumkinligi taxmin qilindi.

Ammo, Neymardagi jarohat u qadar jiddiy emas, shifokorlar uni qachon safga qaytishini ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, Neymar JChning 2-3 turlarini o‘tkazib yuboradi va agar Braziliya guruhdan chiqsa, futbolchi yana musobaqani davom ettirishi mumkin bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Braziliya terma jamoasi G guruh doirasida 28-noyabr kuni Shveysariya bilan, 2-dekabr kuni esa Kamerun terma jamoalari bilan o‘ynaydi.

Manba: "xabardor.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: berildi, Neymarning, aniq, jarohati, ma’lumot, haqida | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя