Загрузка...
Главная » 2018 » Июнь » 14 » Buzilishi mo‘ljallangan Ezidyor va Mumtoz to‘yxonalari haqida yangi ma’lumot tarqaldi
21:52
Buzilishi mo‘ljallangan Ezidyor va Mumtoz to‘yxonalari haqida yangi ma’lumot tarqaldi

Tashkent city qurilishi rejalashtirilgan hududda joylashgan Ezidyor va Shayxontohur ko‘chasidagi Mumtoz tantanalar zali buzilishi haqida avval xabar berilgan edi.

Ammo, Shayxontohur hokimi Bahodir G‘oibnazarov tadbirkorlarga buzilgan mulki evaziga qaerdan joy berilishini aniqlashtirmagan edi. Bugungi kunga kelib, tadbirkorlar mulklari evaziga qaerdan joy olishlari ma’lum bo‘ldi, deb yozmoqdaO‘zA.

Toshkent shahar hokimligi vakilining ma’lum qilishicha, Ezidyor to‘yxonasi egasiga Versal to‘yxonasi beriladi.

Shuningdek, “Mumtoz” to‘yxonasi rahbariyatiga mulklarining buzilishi tufayli Toshkent shahar hokimiyati balansida bo‘lgan “Sayohat” restorani beriladi.

“Maqsadimiz, mulklari buzilish hududlarida bo‘lgan tadbirkorlarni rozi qilish, ularga ma’qul bo‘lgan yerdan joy berishdir”, degan Toshkent shahar hokimligi vakili.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | Просмотров: 165 | Добавил: ADMIN | Теги: yangi, Mumtoz, Ezidyor, tarqaldi, Buzilishi, ma’lumot, mo‘ljallangan, to‘yxonalar, haqida | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2018 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. |