Главная » 2017 » Май » 4 » Olimlar ozishning yangicha 4 usuli haqida...
19:03

Olimlar ozishning yangicha 4 usuli haqida...


1. Garvard universiteti olimlari shirinlik iste`mol qilish oqibatida kelib chiqqan ortiqcha tana vaznga ega ayollar o`rtasida antiqa tajriba o`tkazishdi. Ishtirokchilarning har biriga ikki qismga ajratilgan shokolad tarqatildi. Tajriba shartiga ko`ra shirinlik o`ramidan asta-sekinlik bilan olinib, eyildi. Tadqiqot maqsadi shirinlik o`ramining ishtahaga qay yo`sinda ta`sir etishini tekshirish edi. Ma`lum bo`lishicha, shokolad qutisi yoki o`ramidan ajratib eyilsa, to`yinganlik hissi kech paydo bo`ladi. Aksi qilinganida esa ishtahani nazorat qilish oson kecharkan.

2. Dunyoga mashhur dietologlardan biri Brayan Vanzink fikricha, kayfiyat bilan ishtaha bir-biriga uzviy bog`liq. Agar taomlanish oldidan yaxshi narsalarni o`ylasangiz, ortiqcha egulikka e`tibor bermaysiz. Aksincha, noxush o`ylar bilan taomlanishni boshlaganda esa ko`ngildagi g`ashlikni tarqatish uchun ham taom bilan o`zingizni ovutasiz. Bu esa ortiqcha santimetrlarni hadya qiladi.

3. Karnegi — Mellon universitetining bir guruh ruhshunoslari xayolan taomlanish dasturini ishlab chiqishdi. Bunga ko`ra pirojniy, tort va shu kabi shirinliklarni xayolan iste`mol qilsangiz, ishtahangizni jilovlay olasiz. To`g`ri, bu usul salgina qiyinroq. Ammo tajriba qilib ko`rsa bo`ladi.

4. Tana vazni bilan muammo bo`lmasligi uchun Oregon universiteti olimlari vaqti-vaqti bilan o`zingizni parhezga zid ish ko`rishni tavsiya etishmoqda. Masalan, bir haftada bir marta muzqaymoq yoki shokoladli tort eyishingiz mumkin. havotirlanmang, bu usul ishtahani nazorat qilishda yordam bersa beradiki, semirishingizga yo`l qo`ymaydi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: Ozish, olimlar, Yangi, 4 usul, haqida | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя